Fargʻonalik o‘quvchi “Jadid bobomga maktub” Respublika tanlovida muvaffaqiyat qozondi
2025-09-24 21:00:00 / Yangiliklar

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari o‘rtasida oʻtkazilgan “Jadid bobomga maktub” Respublika tanlovida Fargʻona tumani 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Pazliddinov Dilmurod yuksak natijaga erishib, rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibi bo‘ldi.
Dilmurodning bu yutug‘i uning bilimga chanqoqligi, tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmati va ijodiy salohiyatining yorqin ifodasi bo‘ldi. U tanlovdagi muvaffaqiyati uchun 1 million so‘m pul mukofoti hamda badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.
Mazkur muvaffaqiyat Dilmurodning keyingi izlanishlariga mustahkam rag‘bat, ijodiy parvozi uchun esa muhim turtki bo‘lishi shubhasiz.
“Jadid bobomga maktub” tanlovi yoshlar qalbida Vatan va millat taqdiriga befarq bo‘lmaslik, ajdodlar merosini qadrlash, ijodkorlik va bunyodkorlikka intilish ruhini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Dilmurod singari bilimga intiluvchan yoshlar esa bugungi va ertangi kunimizning eng katta boyligi, xalqimizning yorqin istiqbolidir.





