Farg‘ona tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2025-09-24 19:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Mazkur tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlar atroflicha tinglandi, ularning har biri ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijro uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Shaxsiy qabullar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularni hal etishda samarali mexanizmlarni ishga solish hamda davlat idoralari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




