Farg‘ona tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsion loyiha amalga oshiriladi
2025-09-24 14:30:00 / Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasidan Wen Yuan, Su Guojjun, Guo Juawei, Wen Jie va Yilihamu Niyazi kabi investorlarning Farg‘ona tumaniga tashrifi davomida hududda yangi investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar natijasida asfalt va shag‘al (sheben) ishlab chiqarish zavodini tashkil etish loyihasi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Korxona zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlanib, nafaqat mahalliy, balki mintaqaviy ehtiyojni ham qoplash imkonini beradi.
Loyiha yo‘l qurilishi, infratuzilma rivoji va kapital ta’mirlash ishlari uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarini mahalliylashtirishni ko‘zda tutmoqda. Eng muhimi, korxona ishga tushishi bilan yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.



