Xitoylik investorlar bilan yangi kelishuv: Farg‘ona tumanida sarimsoqpiyoz eksporti yo‘lga qo‘yiladi
2025-09-24 14:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumaniga Xitoy Xalq Respublikasidan Wen Yuan, Su Guojjun, Guo Juawei, Wen Jie va Yilihamu Niyazi kabi investorlar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, sarimsoqpiyoz yetishtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinib, sarimsoqpiyoz mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur hamkorlik tumandagi fermer xo‘jaliklari uchun yangi bozorlarni ochib, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, investorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.


