“Yangi qadam – yangi imkoniyatlar” loyihasi doirasida seminar-trening boshlandi
2025-09-23 16:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida “Yangi qadam – yangi imkoniyatlar” loyihasi doirasidagi seminar-trening dasturining birinchi kuni o‘tkazildi. Dastur doirasida “Har bir bola – bebaho. Ota-onaning inklyuziv ta’limdagi roli” mavzusida amaliy-nazariy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarni Farg‘ona tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi psixologlari Sohibjonov Muhammadrasul va Jahongir Latipov olib bordilar.
Seminar-treningning asosiy maqsadi — ota-onalarning psixoemotsional holatini barqarorlashtirish, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni psixologik, ijtimoiy va pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashdir.
Tadbir davomida ota-onalarga farzandlarini chuqurroq tushunish, ularni qabul qilish hamda zarur hollarda yordam berish ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berildi.
Bu esa o‘z navbatida bolalarning jamiyatga moslashuvi va hayotiy muvaffaqiyatlarini ta’minlash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.




