“Vodil Raspberry Market” MChJ faoliyati JICA delegatsiyasi tomonidan yuqori baholandi
2025-09-19 12:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumanida faoliyat yuritayotgan “Vodil Raspberry Market” MChJ eksportga yoʻnaltirilgan rezavor mevalar plantatsiyasi sifatida o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda.
Korxona tomonidan barpo etilgan muzlatish texnologiyasiga asoslangan sovitkichli omborxona JICA delegatsiyasi tomonidan alohida eʼtirof etildi. Mazkur infratuzilma yigʻib olingan hosilni uzoq muddat sifatini yoʻqotmagan holda saqlash, eksportga tayyorlash hamda xalqaro standartlarga mos tarzda yetkazib berish imkonini bermoqda.
Tashrif davomida delegatsiya plantatsiyada joriy etilgan zamonaviy agrotexnik usullar, hosildorlik darajasi, tomchilatib sugʻorish tizimi, mevalarni saralash va dastlabki qadoqlash infratuzilmalari bilan yaqindan tanishdi.
JICA vakillari ayniqsa malina yetishtirish klasterini kengaytirish, yapon bozoriga sifatli va raqobatbardosh mahsulot yetkazib berish imkoniyatlarini yuqori baholab, kelgusida hamkorlik istiqbollarini muhokama etdilar.




