Farg‘ona tumanida xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2025-09-16 16:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimligida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi o‘tkazildi. Unda Prezident qaror va farmonlari ijrosi, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini samarali yo‘naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, sessiyada “Oqbilol” mahallasida “Yashil jamoat parki” tashkil etish bo‘yicha avvalgi qarorga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur tashabbus aholining dam olish maskanlarini kengaytirish va ekologik muhitni yanada yaxshilashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari O. Dadajonova, F. Omonova, B. Sobirova, J. Eminov, D. Karimov, A. Erkaboev, I. Abduraxmonov faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan chiqish qildilar hamda takliflar bildirdilar.
Sessiya davomida deputatlar tomonidan ilgari surilgan barcha taklif va savollar tegishli mutasaddilar tomonidan muhokama etildi, mas’ullar hisoboti tinglandi. Natijada kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.



