“Milliy qadriyatlar – qadrlangan yurt” shiori ostida dars
2025-09-13 15:05:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Milliy qadriyatlar – qadrlangan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy dars tashkil etildi. Tadbirda 4-“A” sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati, ularning xalqimiz tarixi, urf-odat va an’analari bilan uzviy bog‘liqligi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, milliy liboslar, xalq og‘zaki ijodi, oilaviy qadriyatlar va ajdodlar merosini asrab-avaylashning ahamiyati ta’kidlandi.
Darsning asosiy maqsadi – yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z xalqining madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalashdir.
Bunday tashabbuslar yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.





