Fargʻona tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2025-09-05 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni — “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona tumani prokuraturasi tashabbusi bilan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimida yigʻilish tashkil etildi.
Mazkur yigʻilishda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi samarali kurashish, ayniqsa maishiy korrupsiyaga barham berish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mutasaddi organlar va idoralar oʻrtasida tezkor axborot almashinuvi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda boshqa funksional vazifalarning toʻlaqonli bajarilishi yuzasidan alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, jumladan, korrupsiya holatlarining sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
Yakunida masʼullarga aniq koʻrsatmalar va topshiriqlar berilib, ushbu yoʻnalishda izchil va samarali ishlarni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.



