Qoraqalpog‘istonlik bolajonlar “Tong” oromgohida maroqli hordiq chiqarmoqda
2025-08-12 16:45:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati hokimligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashining tashabbusi bilan qoraqalpog‘istonlik 52 nafar o‘g‘il-qiz Farg‘ona viloyatining maftunkor tabiat bag‘rida joylashgan “Tong” bolalar oromgohiga hordiq chiqarish uchun taklif etildi. Bugun ular katta tantana bilan Farg‘onada kutib olindi.
So‘lim va bahavo go‘shada joylashgan oromgohda Orolbo‘yidan kelgan bolalarni maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.






