Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla boşqaruvini samarali taşkil etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oşirilgan işlar töğrisida
2026-11-16 09:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 2026-yil 17-iyuldagi 65-son bayoni hamda Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisining 2026-yil 21-iyuldagi 74-b-son buyruği ijrosini ta’minlaş maqsadida tumandagi mahallalarda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.
Tumandagi 71 ta mahallada mavjud 502 ta köça “Mahalla yettiligi” a’zolari örtasida taqsimlanib, har bir köçaga mas’ullar biriktirildi. Bundan taşqari, tuman hokimi taşabbusi bilan 17 ta yönaliş böyiça jami 71 nafar mas’ul xodim mahallalarga biriktirildi. Natijada hududlarda kundalik nazorat tizimi yölga qöyilib, obodonlaştiriş işlari manzilli ravişda taşkil etilmoqda.
2026-yil 1-avgust holatiga tumandagi jami 49 294 ta xonadon örganilib, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 9 966 ta ta’mirtalab xonadon aniqlangan. Şundan 9 826 tasini xonadon egalari, 140 tasini esa mahalla kömagida ta’mirlaş belgilangan. Mazkur işlarni amalga oşiriş uçun jami 13,4 mlrd söm mablağ rejalaştirilgan.
Hisobot davrida 9 689 ta xonadonda obodonlaştiriş va ta’mirlaş işlari bajarildi. Şundan 9 549 tasi xonadon egalari, 140 tasi esa mahalla kömagida amalga oşirildi. Uşbu işlarga jami 13 mlrd 388 mln 68 ming söm mablağ sarflandi.
Amalga oşirilgan işlar natijasida 539 ta xonadonning tom qismi, 1 900 tasining fasadi, 1 403 ta oşxona, 1 641 ta hojatxona, 907 ta yuviniş xonasi, 1 260 ta tandirxona hamda 640 ta molxona ta’mirlandi. Şuningdek, 381 ta deraza romi almaştirildi, 18 670 ta xonadon atrofi obodonlaştirildi, 687 ta tomorqa tartibga keltirildi, 64 ta kiriş yölagi tozalandi, 54 ta köp qavatli uyning fasadi obodonlaştirildi. Bundan taşqari, 14 080 tup daraxtga şakl berilib, oqlandi.
Hududlarni obodonlaştiriş işlari doirasida 90,4 km ariq va lotok tozalandi, 12 ta köçaning 2,4 km qismi asfaltlaştirildi, 3 ta köçaning 1,3 km qismi betonlaştirildi, 1 ta köçaning 500 metr qismiga şağal yotqizildi. Şuningdek, 636 ta taşqi yoritiş ustuni örnatildi, 25 ta bolalar va sport maydonçasi ta’mirlandi hamda 11 ta piyodalar yölagining jami 3 km qismi barpo etildi.
Kökalamzorlaştiriş işlari doirasida 7 389 tup daraxtga şakl berildi, 7 379 tup daraxt oqlandi hamda 92 794 tup gul köçati ekildi.
Uşbu yönalişdagi işlarga jami 1 mlrd 109 mln 329 ming söm mablağ sarflandi. Şundan 834 mln 484 ming sömi mahalliy budjet, 274 mln 845 ming sömi homiylik mablağlari hisobidan moliyalaştirildi.
Şuningdek, tumandagi mavjud 101 ta qabristonda obodonlaştiriş işlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Şundan 96 tasi faoliyat körsatayotgan, 5 tasi esa faoliyat körsatmayotgan qabriston hisoblanadi.
Mazkur reja doirasida qabristonlar hududlarini obodonlaştiriş, sanitariya holatini yaxşilaş, içki yölaklarni tartibga keltiriş, ariq va zovurlarni tozalaş, daraxtlarga şakl beriş va ularni oqlaş, devor hamda panjaralarni ta’mirlaş, xonadonlarni tartibga keltiriş, qabrlarni obod qiliş va dezinfeksiya işlarini amalga oşiriş belgilangan.
Jumladan, 75,3 gektar hududni obodonlaştiriş, 84 ta xonaqohni tartibga keltiriş, 4 km devor va panjaralarni ta’mirlaş, 120,3 km ariq va zovurlarni tozalaş, 11 306 tup daraxtga şakl beriş va ularni oqlaş, 2 km içki yölaklarni ta’mirlaş, 11 191 ta qabrni tartibga keltiriş hamda 35 ta qabristonda dezinfeksiya işlarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Mazkur tadbirlarni amalga oşiriş uçun jami 910 mln 580 ming söm mablağ yönaltirilişi belgilangan bölib, uşbu mablağ töliq homiylik mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan.
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oşirilayotgan tadbirlar mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, xonadonlarni obod qiliş, aholi uçun qulay yaşaş şaroitlarini yaratiş, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, hududlarning sanitariya va ekologik holatini yanada yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
