Mahalla raislari uçun aholi bilan muloqot va murojaatlar bilan işlaş böyiça seminar ötkazildi
2026-11-17 10:30:00 / Yangiliklar

Farğona tumani hokimligida viloyat hokimligi Murojaatlar bilan işlaş bölimi boşliği M. Axunjanova hamda viloyat Mahallalar uyuşmasi boşqarmasi boşliği A. Ziyaviddinov boşçiligida mahalla raislari iştirokida seminar taşkil etildi. Unda aholi bilan muloqotni samarali taşkil etiş va fuqarolar murojaatlari bilan işlaş masalalari muhokama qilindi.
Seminarda M. Axunjanova Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-sonli «Aholi bilan muloqot tizimini samarali taşkil qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmonining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda mahallalarda murojaatlar bilan işlaşda qonunçilik talablariga qat’iy rioya etiş yuzasidan tuşuntiriş va amaliy tavsiyalar berdi.
Şuningdek, «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi Qonun talablariga muvofiq, har bir murojaatni xolisona, töliq va öz vaqtida körib çiqiş, muammolarni joyida örganiş hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş muhimligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida mahalla raislariga aholi bilan oçiq va samarali muloqotni yölga qöyiş, murojaatlarga befarq bölmaslik va ularning ijobiy hal etilişi uçun mas’uliyatni yanada oşiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.






