FARĞONA TUMANIDA KIBERTARĞIBOT TADBIRLARI ÖTKAZILDI
2026-11-15 09:00:00 / Yangiliklar

Farğona tumanida Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi doirasida turli soha vakillari iştirokida kibertarğibot tadbirlari taşkil etildi.
Unda tibbiyot birlaşmasi, soliq inspeksiyasi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi, mahalla, maktab hamda maktabgaça ta’lim tizimi xodimlari qatnaşdi.
Tadbirlar davomida iştirokçilarga kiberjinoyatlar qurboniga aylanmaslik, internet tarmoğidan xavfsiz foydalaniş va şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça zarur tuşunça hamda tavsiyalar berildi. Şuningdek, internet muhitida ehtiyotkorlikni oşiriş va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etiş muhimligi ta’kidlandi.




