Doimiy komissiya hamda deputatlik guruhi hamkorligida örganish ötkazildi
2026-11-14 22:00:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farğona tumani Kengaşining Agrar, suv xöjaligi va ekologiya masalalari böyiça doimiy komissiyasi tomonidan tuman Kengaşi deputatlari O.Dadajonova, Ş.Rahimov hamda Özbekiston “Adolat” SDP tuman Kengaşi raisi N.Karimov iştirokida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori ijrosi yuzasidan örganish ötkazildi.
Örganish davomida tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantirish bölimi mutaxassisi iştirokida “Qörğontepa” MFY hududida joylaşgan “Akbarali kelajak zamini” fermer xöjaligi faoliyati maxsus savolnoma asosida atrofliça tahlil qilindi.
Jumladan, fermer xöjaligida çorvaçilikni rivojlantirish borasida amalga oşirilayotgan işlar, çorva mollari va parrandalar sonini köpaytirish imkoniyatlari, işlab çiqarish quvvatlari, mavjud moddiy-texnik baza, ozuqa ta’minoti, şuningdek, mahsulot yetiştirish va uni realizatsiya qilish jarayonlari örganildi.
Örganish yakunlari böyiça aniqlangan muammo va kamçiliklarni bartaraf etish, fermer xöjaligi faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qaror ijrosi samaradorligini oşirish yuzasidan tegişli taklif va tavsiyalar işlab çiqilishiga e’tibor qaratildi.



