Farğona tumanida “Yaşil makon” loyihasi doirasida kökalamzorlaştiriş işlari boşlandi
2026-11-13 17:30:00 / Yangiliklar

Farğona tumani “Döstlik” va “Yuqori Arça” mahallalari hududidagi 105 gektar qir-adirlik maydonida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilgi daraxt köçatlarini ekiş hamda tomçilatib suğoriş tizimini joriy etiş işlariga start berildi.
Taşkil etilgan tadbirda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Farğona viloyati boşqarmasi boşliği Alişer Ahmedov, Farğona tumani hokimi Nodirjon Maşrapov, hokim örinbosarlari, tumandagi korxona, taşkilot va muassasalar rahbarlari hamda xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar va yoşlar yetakçilari iştirok etdi.
Tadbir davomida jami 1 500 tup kaştan, zarang, pavloniya, akatsiya, qayrağoç kabi manzarali daraxtlar, şuningdek, turli xil mevali daraxt va buta köçatlari ekildi.
Loyiha doirasida köçatlarni samarali parvarişlaş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş hamda ularning yaxşi rivojlanişini ta’minlaş maqsadida tomçilatib suğoriş tizimini joriy etiş ham közda tutilgan.









