Farğona tumanida pedagoglar attestatsiya sinovlarida yuqori natijalarni qayd etmoqda
2026-11-13 17:00:00 / Yangiliklar

Farğona viloyatida pedagoglarning kasbiy bilim va mahoratini baholaşga qaratilgan attestatsiya sinovlari qizğin davom etmoqda. Navbatdagi sinovlarda Farğona tumanidagi 52-umumiy örta ta’lim maktabining tarbiya fani öqituvçisi Feruza Möminova 94 ball töplab, oliy malaka toifasini qölga kiritdi.
Şuningdek, Farğona tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi tasarrufidagi 61-umumiy örta ta’lim maktabining fidoyi pedagoglari ham attestatsiya sinovlarida yuqori natijalarni qayd etib, oliy malaka toifasiga sazovor böldilar. Jumladan, tarix fani öqituvçisi Akmaljon Abdurahmonov 92 ball, boşlanğiç sinf öqituvçisi Zulfiya Ibroximjonova esa 88 ball töplab, özlarining yuksak bilim va kasbiy mahoratlarini yana bir bor namoyon etdilar. Uşbu natijalar ustozlarning çuqur bilimi, boy tajribasi, tinimsiz izlanişlari hamda öz kasbiga bölgan sadoqatining yorqin ifodasidir.
Farğona tumani hokimligi, Xalq deputatlari tuman Kengaşi va keng jamoatçilik nomidan yuqori natijalarga erişgan pedagoglarni uşbu munosib muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida yanada yuksak marralar, ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bilimli, iste’dodli va barkamol avlodni tarbiyalaşdek şarafli faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar hamişa hamroh bölsin!


