Prezident olimpiadasi ğolibi bilan uçraşuv ötkazildi
2026-11-12 19:35:00 / Yangiliklar

Yoşlar kuni tadbirlari doirasida Farğona tumani 1-son sport maktabida Prezident olimpiadasi musobaqasida yuksak natijaga erişgan yoş sportçi Inomov Isomiddin Ilyosjon öğli bilan uçraşuv taşkil etildi.
Mazkur musobaqada para taekvondo sport turi böyiça K44 klassida erkaklar örtasida 63 kilogramm vazn toifasida iştirok etgan Isomiddin faxrli 1-örinni qölga kiritib, özining matonati, irodasi va yuksak sport mahoratini namoyon etdi.
Uçraşuvda Farğona viloyati Sport boşqarmasi boşliği Nodirbek Hakimov hamda Farğona tumani hokimi Nodirjon Maşrapov iştirok etib, yoş sportçini erişgan yutuği bilan samimiy tabrikladilar.
Şuningdek, Isomiddinning sportdagi muvaffaqiyatlarida beqiyos örin tutgan onasining mehnati va farzand tarbiyasidagi xizmatlari alohida e’tirof etilib, ularga munosib hurmat va ehtirom körsatildi.









