“Havaskorlar ligasi” finalida “Qalaça” jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi
2026-11-10 20:05:00 / Yangiliklar

Farğona tumanida futbol sport turini ommalaştiriş, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş maqsadida taşkil etilgan “Havaskorlar ligasi” sport musobaqalarining final bosqiçi bölib ötdi.
Hal qiluvçi final bahsida Oqtom mahallasining “Oqtom” jamoasi hamda Yoyilma mahallasining “Qalaça” jamoasi özaro kuç sinaşdi. Murosasiz keçgan uçraşuvda “Qalaça” jamoasi 4:1 hisobida ğalaba qozonib, musobaqaning mutlaq ğolibiga aylandi.
Liganing tantanali yopiliş marosimida Farğona tumani hokimi örinbosari Ilhomjon Toşpölatov iştirok etib, musobaqa qatnaşçilarini munosib natijalar bilan tabrikladi. Şuningdek, ğolib va sovrindorlarga hamda musobaqa iştirokçilariga maxsus sovğalar topşirildi.









