Farg‘ona tumanida 5 500 AQSH dollari miqdoridagi aliment oldindan to‘landi
2026-10-26 19:30:00 / Yangiliklar

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tumani bo‘limi ish yurituvidagi mavjud ijro hujjatiga asosan, qarzdor ota tomonidan aliment to‘lovlari oldindan amalga oshirildi.
Xususan, xorijga chiqish niyatida bo‘lgan ota farzandi ta’minoti uchun 5 500 AQSH dollari miqdoridagi aliment to‘lovlarini oldindan to‘lab berdi.
Bu orqali ota o‘zining aliment majburiyatlarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashib, farzandining moddiy ta’minotini ta’minlashga hissa qo‘shdi.
Zero, farzand ta’minoti — har bir ota-onaning qonuniy va ma’naviy burchidir.
