Xotin-qizlar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi
2026-10-26 18:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani 2-son sport maktabida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida sport tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ommaviy sportga qiziqishni kuchaytirish maqsadida gimnastika, voleybol, shaxmat, shashka musobaqalari hamda «5000 qadam» piyoda yurish aksiyasi tashkil etildi.
Musobaqalarda ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va intellektual salohiyatini namoyon etdilar.
Mazkur tadbirlar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirishga qaratildi.






