🚘 83,7 MILLION SO‘MLIK ALIMENT QARZI EVAZIGA COBALT!
2026-10-26 18:05:00 / Yangiliklar

Bolalar ta’minoti uchun belgilangan aliment — ota-onaning emas, farzandning haqqi!
Farg‘ona viloyatida aliment qarzdorligini undirish bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorlikni qoplashning o‘ziga xos yechimiga erishildi.
SUD QARORI — IJRODA!
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2023 yil 18 martdagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.O.dan undiruvchi M.O.foydasiga daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Biroq qarzdorning aliment bo‘yicha qarzi 83 million 777 ming 545 so‘mga yetgan.
Byuro xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur qarzdorlikni qoplash maqsadida qarzdorga tegishli COBALT rusumli avtotransport vositasi undiruvchi M.O.nomiga rasmiylashtirib berildi.
📌 Bu — aliment majburiyatlarini bajarmaslik oqibatsiz qolmasligining yana bir amaliy ifodasi.
❗️Farzandning haqqi — qarz emaski, unutib yuborilsa!
Aliment to‘lash — qonuniy majburiyat. Uni o‘z vaqtida bajarish esa farzandning munosib hayoti va kelajagi uchun muhimdir.
Majburiyat bajarilishi shart. Qonun ijrosi esa ta’minlanadi!
Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi
