“Sharq ayoli ma’rifati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-10-26 17:20:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanidagi “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan “Sharq ayoli ma’rifati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva, tuman Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimi, mayor Surayyo Mo‘sayeva hamda “Dilkusho” MFY xotin-qizlar faoli Zamiraxon Nishonova ishtirok etdi.
Muloqot davomida sharq ayollariga xos odob-axloq, mehr-oqibat, oilaga sadoqat, farzand tarbiyasi, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ajdodlarimiz merosida ayollarning ilm-ma’rifatga intilishi hamda oila va jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.




