“Guliston” mahallasida deputatlik nazorati va o‘rganish ishlari olib borildi
2026-10-24 16:30:00 / Ochiq muloqotlar

Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 13-sonli “Damko‘l” saylov okrugidan saylangan deputat Shuxratjon Raximov “Madad” NNT tuman vakili B. Abidov bilan hamkorlikda “Guliston” MFYda bir qator o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida mahalladagi soliq inspektori faoliyati, fuqarolarga soliq xizmatlari ko‘rsatish sifati, shuningdek, ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan mahalla raisi, nuroniylar va faollardan iborat ishchi guruh faoliyatini tashkil etish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.




