Maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida xavfsizlik masalasi o‘rganildi
2026-10-24 15:30:00 / Ochiq muloqotlar

Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi 13-sonli “Damko‘l” saylov okrugi deputati Sh. Rahimov tomonidan “Guliston” MFY, Shunqor ko‘chasida olib borilgan o‘rganishlar davomida 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti atrofini to‘siq bilan o‘rash masalasi ko‘tarildi.
Mazkur masala deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, uni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat yo‘llash va zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni manzilli hal etishdan iborat.


