Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2026-10-24 15:00:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Novkent” MFYda aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida xonadonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi o‘rganilib, fuqarolarga isitish moslamalari, elektr jihozlari va gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berilib, ogohlantiruvchi eslatmalar tarqatilmoqda.







