Deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-24 13:30:00 / Ochiq muloqotlar

Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputati Dilshodjon Karimov tomonidan 14-sonli “Yangi O‘zbekiston” saylov okrugi hududidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, fuqarolar murojaatlari hamda mahalladagi mavjud muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.


