“Biz — giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-10-24 12:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Biz — giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida o‘quv-seminari va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva, tuman Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimi, mayor Surayyo Musayeva, “Birdamlik” MFY xotin-qizlar faoli Erkinoy Xolmatova hamda maktab ma’muriyati ishtirok etdi.
Seminar davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat kelajagiga salbiy ta’siri, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilishning ahamiyati tushuntirildi.




