Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi sanoat loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-10-23 19:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida “Oqbilol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan maxsus sanoat zonasida karton quti va shifer ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, investorlar ishtirokida loyihani joylashtirish uchun mo‘ljallangan hududlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.


