“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-10-23 18:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlov yosh avlodning jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosi, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini namoyon etishga qaratildi.
Unda 6–8-sinf hamda 9–10-sinf o‘quvchilari ikki toifa bo‘yicha ishtirok etib, o‘z bilimlari va ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar.
Tadbirning ochilish marosimida viloyat va tuman maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mas’ullari, “Kelajak” markazlari rahbarlari hamda tuman hokimligi vakillari qatnashdi.
Tanlov davomida jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, milliy uyg‘onish va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.









