Ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
2026-10-23 14:30:00 / Yangiliklar

Viloyat prokurori o‘rinbosari O.M. Toshmatov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Farg‘ona tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Xususan, viloyat prokurori yordamchisi X. Rahimjonov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida ko‘mir zaxirasi va uni saqlash sharoitlari, qozonxonalar hamda ichki isitish tarmoqlarining texnik holati ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomati, ta’lim sifati va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari ham o‘rganildi.
Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarida xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qaratilgan.






