Umumta’lim maktablarida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
2026-10-23 13:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida zilzila va boshqa tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar va pedagog xodimlarga zilzila vaqtida sarosimaga tushmaslik, binoni xavfsiz tark etish, evakuatsiya yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanish hamda xavfsiz hududga yig‘ilish tartiblari tushuntirildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.








