Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa
2026-10-22 23:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida “Yoyilma” MFYda yashovchi yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi.
Shuningdek, “Barqaror hamjihatlik” MFY, Orzu ko‘chasida yashovchi Maqsumov Ruslan Qodirjon o‘g‘lining tadbirkorlik loyihasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Muloqot va o‘rganishlar davomida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.






