Farg‘onalik sportchilar — jahon chempionlari
2026-10-21 09:05:00 / Yangiliklar

Turkiyaning Bursa shahrida qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida Farg‘ona tumani 2-sonli sport maktabi sportchilari Farzonaxon Ashuraliyeva va Abzalxon Akoburxonov yuksak natijaga erishib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyat sportchilarimizning tinimsiz mehnati, qat’iyati va murabbiylarining fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir.
Farg‘ona tumani hokimligi, Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda keng jamoatchilik nomidan chempionlarimizni ushbu ulkan yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusi musobaqalarda ham ularga yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!



