Fuqarolar murojaatlari yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-10-20 15:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning jami 10 ta murojaati tinglandi. Shundan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 6 ta murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ko‘rib chiqish va hal etish uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Murojaatlar ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.






