RASMIY MUNOSABAT
2026-10-13 14:00:00 / Rasmiy munosabatlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona tumani «Mozortagi» mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangi mahalla ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan chiqindilarning to‘planib qolgani yuzasidan yo‘llangan video murojaat Farg‘ona tumani hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, zarur choralar ko‘rildi. Jumladan, «Maxsus Garant Avto Servis» MChJ tomonidan maxsus texnikalar jalb etilgan holda to‘planib qolgan chiqindilar shu kunning o‘zida olib chiqib ketildi.
Ayni vaqtda mazkur masala yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilib, fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi.



