“Xo‘ja Ahmad Vale” maqbarasi ta’mirlanmoqda
2026-10-19 16:45:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani “Vodil” mahallasidagi “Chinor tagi” istirohat bog‘ida joylashgan “Xo‘ja Ahmad Vale” maqbarasi homiylik mablag‘lari hisobidan ta’mirlanmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur maskanga tashrif buyurib, ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish va ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.



