“Xo‘ja Ahmad Vale” maqbarasi ta’mirlanmoqda
2026-10-19 14:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani “Vodil” mahallasi hududidagi “Chinor tagi” istirohat bog‘ida joylashgan “Xo‘ja Ahmad Vale” maqbarasi homiylar mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlanmoqda.
Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov mazkur maskanda bo‘lib, ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, tarixiy maskan qiyofasini yaxshilash hamda ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.






