Hisoblagichdagi nosozlik sabab qarzdorlik qayta ko‘rib chiqildi
2026-10-17 12:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro Sh.Sh. xonadonidagi elektr energiyasi hisoblagichi bilan bog‘liq muammo yuzasidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Fuqaroning ta’kidlashicha, xonadonga o‘rnatilgan elektr energiyasi hisoblagichi ma’lum vaqt davomida nosoz holatda bo‘lganiga qaramay, elektr energiyasi uchun to‘lovlar amalga oshirib kelingan. Keyinchalik esa uning zimmasiga qarzdorlik hisoblangan.
Murojaatda hisoblagichning texnik holatini o‘rganish, shuningdek, yuzaga kelgan qarzdorlikning qonuniy asoslarini aniqlash so‘ralgan.
