Farg‘ona tumanida umummilliy diktant loyihasi tashkil etildi
2026-10-14 17:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida umummilliy diktant loyihasi o‘tkazildi.
Tadbir markaz xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilib, ishtirokchilarning o‘zbek tilidagi imlo va tinish belgilari qoidalariga rioya qilish darajasi hamda yozma savodxonligini baholashga qaratildi.
Diktant natijalari Farg‘ona tumani hokimligi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda baholandi.



