Giyohvandlikka qarshi kurashish choralari muhokama qilindi
2026-10-13 08:00:00 / Majlislar

Farg‘ona tumani hokimligida 2026-yil oktabr oyida o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlabki 10 kunlik faoliyat natijalari, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



