“Farg‘ona suv ta’minot” AJ Farg‘ona tuman bo‘limida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ichimlik va oqova suv xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida
2026-10-12 09:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichimlik va oqova suv xizmatlari sifatini yaxshilash borasida davlat dasturlari asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Vodiy agro-klaster” loyihasi doirasida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha belgilangan rejaga asosan 20,7 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha doirasida “Bo‘ston” va “Hosilot” mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) hududlarida foydalanishga yaroqsiz holga kelgan ichimlik suvi tarmoqlarini yangidan tortish orqali rekonstruksiya qilish, montaj ishlarini bajarish hamda “Bo‘ston suv inshooti” hududida loyiha asosida 1 ta yangi tik quduq qazish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda transheya qazish ishlari yakunlanish arafasida.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida tuman markaziga yaqin hududdagi 6 ta MFYda istiqomat qiluvchi 15 ming nafardan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.
Bundan tashqari, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida “Qurilish” MFYning Hamsa ko‘chasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 4,4 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va 1 ta suv minorasini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, “Ulug‘bek” MFY aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “Chimyon suv inshooti”dan 1 ta ikkinchi bosqich nasosi o‘rnatildi. Bundan tashqari, 4,0 km ichimlik suvi tarmog‘i hashar yo‘li bilan yotqizildi. Natijada 350 dan ortiq xonadon, 2 ming nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
“Tashabbusli budjet” dasturining 2026-yil 1-mavsumi doirasida “Qurilish” MFYning Qurilish ko‘chasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta tik quduq qazish, hajmi 25 m³ bo‘lgan 1 ta suv minorasini o‘rnatish hamda 1,5 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari yakunlandi. Natijada 200 ga yaqin xonadon ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
“Og‘ir” toifadagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-sentabrdagi PQ-49-son qaroriga asosan, Farg‘ona tumani “Xuroba” MFYning Bepayon ko‘chasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1 ta tik quduq qazish va 0,5 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur qarorga asosan, Farg‘ona tumani “Guzar” MFY aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta ichimlik suvi qudug‘ini qazish va 2 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari loyiha asosida amalga oshirildi.
2027-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq, Farg‘ona tumanidagi “Zilol” va “Satkak” MFY aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Mazkur dastur doirasida 2027-yilda “Zilol” MFY hududida 1 ta tik quduq qazish, hajmi 25 m³ bo‘lgan 1 ta suv minorasini o‘rnatish hamda 3,5 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan. “Satkak” MFY hududida esa suv inshootini qurish va 6,5 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari loyiha asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida “Zilol” MFYda 300 ta, “Satkak” MFYda esa 500 dan ortiq xonadon ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Yuqoridagi dasturlar va loyihalarning amalga oshirilishi natijasida Farg‘ona tumanida jami 1 780 ta xonadon ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, 15 ming nafardan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi kutilmoqda.
“Farg‘ona suv ta’minot” AJ Farg‘ona tuman bo‘limi boshlig‘i
Abdubanоп Teshaboyev
