Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-10-12 10:05:00 / Ochiq muloqotlar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqotini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i Murodjon Qunduzov tomonidan muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilib, unda fuqarolardan jami 7 ta murojaat qabul qilindi.
Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, yana 2 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 3 ta murojaatni kompleks o‘rganish va hal etish uchun mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy yechimini topish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.





