Giyohvandlikka qarshi kurash — ustuvor vazifa
2026-10-09 19:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Abduxoshim Xalimov, ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Maftuna Obidova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Muyassar Mahmudova, “Mulla Mirzajon” masjidi imom-xatibi A. Komiljonov, narkolog U. Mirzayev, nuroniylar, mahalla faollari, otinoyilar, maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga salbiy ta’siri, uning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Bu borada oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.






