Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2026-10-09 10:00:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda munosib mehnat faoliyatini boshlashlari uchun zarur imkoniyatlar taqdim etildi.






