Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
2026-10-06 18:10:00 / Ochiq muloqotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov tomonidan fuqarolar ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi, tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.






