Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
2026-10-05 22:05:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi B. Axmadjonov tomonidan Kengashning tegishli qaroriga asosan Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Pastki Archa mahallasi Bozorboshi ko‘chasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, xususan, xonadonlarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur masalani hal etish maqsadida deputat tashabbusi bilan 250 kVA quvvatga ega yangi transformator punkti ajratilgan. Ayni paytda transformator punktini o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shu orqali saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.



