PF–193-son Farmon ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-05 21:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanida tegishli yo‘nalishlarda o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov tomonidan hududlarda mazkur Farmonda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni tizimli hal etish maqsadida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan individual va manzilli ishlashni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda mavjud muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash va Farmonda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

