Yangi yo‘l mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
2026-10-05 21:05:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari F. Omonova hamda I. Abdurahmonov tomonidan Yangiyo‘l mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada alyumin eshik va romlar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor bilan uchrashilib, ishlab chiqarish jarayoni va tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘laridan foydalangan. Bugungi kunda ishlab chiqarish faoliyati barqaror yo‘lga qo‘yilib, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘rganish davomida tadbirkorning faoliyatini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusidagi rejalarini amalga oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.


