Farg‘ona tumani savdo kompleksida xavfsizlik holati o‘rganildi
2026-10-05 20:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani savdo kompleksi bozorida xavfsizlik holatini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bozor hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, savdo rastalari va tadbirkorlik obyektlarining xavfsiz holatda saqlanishi, elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda fuqarolarni xavfsiz hududga olib chiqish imkonini beruvchi evakuatsiya yo‘laklarining holati ham o‘rganilib, ularning doimo ochiq va foydalanishga tayyor bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida bozor ma’muriyati va tadbirkorlarga aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, savdo hududlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda tegishli topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.






