Xodimlar bilan profilaktik targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-10-05 20:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati FVB Marg‘ilon shahar FVBda shaxsiy tarkib bilan profilaktik targ‘ibot tadbiri hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda boshqarma boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda kutubxona markazi rahbarlari, FVB rahbariyati va shaxsiy tarkib vakillari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotning dastlabki 10 daqiqasida mamlakatimiz va dunyoda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar haqida “Tezkor axborot” yetkazildi.
Tadbir davomida xodimlarga xizmat intizomi va qonuniylik talablariga qat’iy rioya qilish, korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Yakunida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini namunali tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









